OCHL. G'arb mintaqasida 2-tur uchrashuvlari davom etadi

Xayrulla Xoliqov
12 mar 2019, 15:07
Kecha 11 mart kuni Osiyo chempionlar ligasining 2-tur bahslariga start berildi.

Dohadagi "Jassim bin Hamad" stadionida kechgan bahsda "Lokomotiv" "Al Rayan"ga qarshi bahs olib borib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda esa "Al Vahda" o'z maydonida "Al Ittihod"ni qabul qilib 4:1 hisobida g'alabaga erishdi. Shundan so'ng barcha jamoalarda 3 ochkodan bo'ldi va buyog'iga o'yinlar yanada qiziydi. 

Kecha "A" guruhida 2-tur bellashuvlari o'tkazildi. Iroqning "Al Zavra" klubi BAAning "Al Vasl" jamoasini 5:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "Zobahan" BAAdagi "Al Maktum" stadionida Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubidan 3:2 hisobida ustun keldi. 

Bugun "C" va "D" guruhlarida ham navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. "Paxtakor" o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubiga qarshi maydonga tushsa, guruhdagi ikkinchi o'yin Qatarda "Al Sadd" va "Persepolis" o'rtasida bo'lib o'tadi. Turning markaziy uchrashuvi esa "Al Hilol" va "Al Duhayl" ishtirokida bo'lib o'tishi kutilmoqda. 

OCHL. Guruh bosqichi. 2-tur 

"A" guruhi. 11 mart

"Al Zavra" - "Al Vasl" 5:0

"Al Nasr" - "Zobahan" 2:3 

"B" guruhi. 11 mart

"Al Rayan" - "Lokomotiv" 2:1

"Al Vahda" - "Al Ittihod" 4:1 

"C" guruhi. 12 mart

20:30. "Istiqlol" - "Al Ayn" 

20:45. "Al Hilol" - "Al Duhayl" 

"D" guruhi. 12 mart

18:00. "Paxtakor" - "Al Ahli"

20:45. "Al Sadd" - "Persepolis"

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia