OCHL. “G'arb” mintaqasi. “S” guruhi murabbiylari

Narzulla Saydullayev
27 fev 2014, 17:28
25 fevraldan OCHL guruh bahslariga start berildi.
“S” guruhida “Al Ayn” (BAA), “Traktorsozi” (Eron), “Laxviya” (Qatar) hamda “Al Ittihod” (S.Arabistoni) klublari kurash olib bormoqda. Quyida mazkur jamoalarni boshqarayotgan murabbiylar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Kike Flores (Ispaniya)
“Al Ayn” bosh murabbiyi.
Tug'ilgan sanasi
: 5 fevral, 1965 yil.

Ma'lumot uchun: Kike Flores nomi ko'pchilikka yaxshi tanish. U murabbiylik faoliyatida “Getafe”, “Valensiya”, “Benfika” klublarini boshqargan, bundan tashqari, “Atletiko Madrid” bilan 2010 yil Yevropa Ligasida zafar quchgan. Shundan so'ng 49 yoshli murabbiy BAAga kelib, “Al Ahli”ni qabul qilib oldi va ikki yil shu jamoani boshqardi. U o'tgan yilning sentyabr oyidan beri “Al Ayn”ga murabbiylik qilib kelyapti.




Xuan Verzeri (Urugvay)
“Al Ittihod” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi:
20 may, 1963 yil.

Ma'lumot uchun: Urugvay termasi bilan FIFA U-20 jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so'ng Xuna Verzeri shu yilning yanvarida “Al Ittihod” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bungacha 50 yoshli murabbiy Urugvayning “Rasing” klubida ikki yil ishlagan, shuningdek, Ummon terma jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib faoliyat olib borgan.




Erik Gerets (Belgiya)
“Laxviya” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi:
18 may, 1954 yil.

Ma'lumot uchun: Belgiyalik sobiq himoyachi o'z vaqtida Belgiya, Gollandiya va Turkiya milliy chempionatlarida zafar quchgan. Murabbiy sifatida Marokash termasini boshqargan, Saudiyaning “Al Hilol” klubi bilan mamlakat chempioni va Kubok sohibi bo'lgan. U 2012 yildan beri “Laxviya”ni boshqarib kelyapti.




Toni Oliveyra (Portugaliya)
“Traktorsozi” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi:
14 oktyabr, 1946 yil.

Ma'lumot uchun: Portugaliyalik murabbiy “Traktorsozi” bilan o'tgan mavsum ikkinchi o'rinni egalladi. 67 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyatida Portugaliyadan tashqari Fransiya, Xitoy, Misr, BAA va Saudiya Arabistonida ishlagan.




X.Xoliqov tayyorladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia