OCHL. Bugun "Lokomotiv" hamda "Nasaf" o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2015, 07:18
Kecha Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi ikkinchi turi start oldi.
"Bunyodkor" o'z maydonida "Persepolis"ga yutqazib qo'ydi - 0:1. "Paxtakor" esa Saudiya Arabistonida "Al Shabba" bilan durang o'ynadi - 2:2.

Bugun yana ikki klubimiz musobaqadagi ikkinchi o'yinlarini o'tkazishadi.

Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionda "Lokomotiv" klubi Eronning "Fulad" klubini qabul qiladi. Bu bahs soat 15:00da boshlanadi.

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" esa Saudiya Arabistonida "Al Ahli" klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:15ga belgilangan.

Ikkala o'yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi. Bundan tashqari SPORT telekanali har ikkala bahsni jonli ravishda efirga uzatishni rejalashtirgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia