"Obod": Yoshlarimiz bugun o'ynadi, ertaga asosiy tarkibimiz maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2017, 21:10
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Obod" nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishda davom etadi.

Vyacheslav Tigay boshchiligidagi o'rinbosarlari bugun "Obod" maydonida "Lokomotiv-BFK"ga qarshi maydonga chiqib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. "Obod"ning yagona goliga Dilmurod Jo'raboev mualliflik qildi.

Ertaga asosiy tarkib a'zolari ham o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Qibraydagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadigan bellashuvda raqib "So'g'diyona" bo'ladi. Bellashuv 15:00da boshlanadi.

Aytish kerak, mazkur raqiblar yanvar oyida ham o'zaro kuch sinashgan, bellashuvda "Obod" ustun kelgan edi.

Nazorat uchrashuvi
OBOD (o'rinbosarlar) - LOKOMOTIV-BFK - 1:1
10 fevral. Toshkent. "Obod" maydoni
Gol:
Dilmurod Jo'raboev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcobod.uz