"Nyukasl"ga MYU himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022
"Nyukasl"dagilar yozda "Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Bayini tarkibga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Agarda klub "Lill" himoyachisi Sven Botmanni transfer qila olmasa, ivuarlik futbolchi tomon yuzlanadi. So'nggi paytlarda "Lill" va "Nyukasl" fransiyalikning transfer summasi borasida kelisha olishmayapti.

Yakunlangan mavsumda Bayi barcha turnirlarda 7 o'yinda qatnashdi. U katta extimol bilan yozda jamoadan kyetishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal