"Nyukasl" Depay uchun 20 mln. evro taklif qildi. "Barselona" undan qutilish uchun transfer pulining bir qismini berishga ham rozi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2022, 23:48
"Nyukasl" rahbariyati qishda "Barselona" hujumchisi Memfis Depayni sotib olishga qiziqib qolgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubi yozda shartnomasi yakunlanadigan futbolchi uchun 20 mln. evro taklif qilmoqchi.

Kataloniyaliklar bu mablag'ga rozi bo'lishi ehtimoli katta, ammo Depayning o'zi jamoani yanvarda tark etishni xohlamayapti. "Barselona" futbolchidan qutilish uchun transfer pulining bir qismini unga berishga ham tayyor.

28 yoshli futbolchi joriy mavsum LaLiganing 2ta o'yinida 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo