Noyer, Boateng, Alaba, Martinez, Myuller, Neymar, Di Mariya va Navas

Narzulla Saydullayev
23 avg 2020, 14:40
Bavariya safida YCHLni yutgan 5 nafar futbolchi bor - Noyer, Boateng, Alaba, Martinez va Myuller 2013 yili Londonda shalpangquloqni ko'targandi.

PSJda esa YCHL g'olibligi tamini Real va Barselonada tatib ko'rgan uch ijrochi bor - Di Mariya (Real/2014), Neymar (Barselona/2015) va Navas (Real/2016/2017/2018).

Tomas Myuller Bavariyaning YCHLdagi to'rtinchi finalida ishtirok etishga yaqin. 2010 yilgi Inter, 2012 yili Chelsi va 2013 yilgi mavsumda Borussiya Dortmund bilan bo'lgan finalda o'ynagan.

Xaynkes davridagi fantastik mavsumda asosiy rolni bajargan Noyer, Boateng, Alaba va Myuller hozirgi jamoada ham boshlang'ich tarkibda. Agar bugun Boatengni jarohati bezovta qilmasa, unda 7 yil avvalgi to'rtovlon yana asosiy tarkibda ko'rinish beradi.

Bavariyaga 2013 yili kelib, barcha ishni do'ndirgan va o'sha mavsumda maksimal effekt bergan Martinez esa hozirda zaxira futbolchisi. Qizig'i, Martinez va Alaba Bavariya bilan YCHL finalida o'ynagan va mag'lub bo'lishmagan. Qolgan finalda o'ynagan futbolchilar esa kamida bir bor bo'lsa ham yutqazishgan.

Qizig'i, quda tarafdagi finalda o'ynagan Di Mariya, Neymar yoki Navas YCHL finalida umuman mag'lub bo'lishmagan.

Keylor Navas bugun to'rtinchi marotaba shalpanquloqni ko'tarib rekord o'rnatishi mumkin.

Flik bugun finalda g'alaba qozonsa, unda YCHLdagi barcha o'yinni yutib chempion bo'lgan maestroga aylanadi. Flik murabbiylikdagi debyut  yildayoq YCHL tarixidagi eng qisqa mavsumni o'tkazib, deyarli barcha rekordlarni buzayotgan murabbiy sifatida tarixga yaqinlashmoqda.


Shahboz Beg'amov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia