

- Bugun muxlislar chiroyli o'yin guvohi bo'lishdi. Hisob o'yinga yarasha bo'ldi. Bugun yirik hisobda g'alaba qozondik. Ammo baribir kichik xatolar bor. Ular ustida ishlaymiz.
Bugungi o'yindagi gollar chiroyli bo'lganini ta'kidlab o'tishim lozim. Suhrob Berdiev endigina jarohatdan foriq bo'lganiga qaramay, bugun raqib darvozasini uchta gol urdi. Filip Rayevac borasida aytadigan bo'lsam, u birinchi bo'limda sariq kartochka olgani bois uni almashtirdim. Serbiyalik hujumchi bu qarorimni to'g'ri tushundi.




