Nolito: "Barselona" - hali ham jahonda eng kuchli. Biroq Gvardiola davridagidek emas"

Tolibjon Qosimov
29 okt 2013, 11:18
"Barselona" sobiq futbolchisi Nolitoning aytishicha, jamoaning o'yin darajasi Gvardiola davridagidan ancha tushib ketgan.
"Hozirgi "Barselona"ning saviyasi, Gvardiola davridagidek emas. Pasaygan. Biroq uni saqlab qolish juda qiyin edi. Shunday bo'lsada, kataloniyaliklar, baribir jahonning eng kuchli klubi bo'lib turishibdi. U yerda ajoyib futbolchilar ko'p: Inesta, Xavi Messi kabi. Ularning barchasi, istalgan vaqtda o'yin taqdirini hal qilishi mumkin. Neymar? U eng yaxshi hujumchilardan biri. "Barsa"ning o'yiniga o'ziga xoslik qo'shdi. Uni kuzatish yoqimli", deya Nolitodan Goal.com iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net