Neymar "Real"da Ronaldu o'rnida o'ynashdan mamnun bo'ladi

Aslanov Jasurbek
5 may 2018, 17:28
"Real" rahbariyati PSJ hujumchisi Neymarni xarid qilish yo'llarini qidirishda davom etmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi rahbariyatiga Neymar jamoada Krishtianu Ronaldu o'rnida o'ynashdan xursand bo'lishini aytishdi. Shu bilan birga Ronaldu braziliyalikning "Qirollik klubi"ga o'tishiga qarshi emas. Portugaliyalik Neymarning katta maoshidan xafa bo'lmasligi uchun "qaymoqranglilar" uning yillik daromadini oshirib bermoqchi.

Oldinroq, Neymar "Barselona"dan PSJga o'tishiga Lionel Messining soyasidan qolib ketishidan qo'rqishi sabab bo'lgani haqida aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca