Neymar Messi sabab "Barselona"ni tark etishi mumkin

Tolibjon Qosimov
17 iyul 2017, 18:11
"Barselona" hujumchisi Neymarning agenti va yaqinlari braziliyalikni klubini o'zgartirishga undashmoqda.

Bu haqda "Sport.es"  xabar berdi.

Hujumchining atrofidagilar futbolchi Lionel Messining soyasida qolib ketmaslik uchun "ko'k-anorranglilar" safini tark etishi kerak deb hisoblashmoqda. Ularning fikricha, bu narsa Neymarga shaxsiy sovrinlar uchun kurashish yo'lida halaqit qilmoqda.

Braziliyalik "Barselona" tarkibida 2013 yildan beri to'p tepib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar kuchda bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.es