Neymar jarohati tufayli qancha muddat maydonga tusha olmasligi oydinlashdi

14 okt 2019, 21:50
PSJ hujumchisi Neymar Nigeriya termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinining 12-daqiqasida olgan jarohati sababli bir oyni o'tkazib yuboradi.

Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi. MRT natijalariga ko'ra, braziliyalik futbolchi 4 haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda. 

Joriy mavsum Neymar PSJ safida Liga 1ning 5 ta o'yinida 4 ta gol urdi. Forvard jarohati tufayli mavsum startini ham o'tkazib yuborgandi.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia