Neymar bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
27 okt 2017, 08:35
Fransiya tartib-intizom qo'mitasi 10-turdan o'rin olgan Marsel – PSJ (2:2) uchrashuvida Neymarning chetlatilishi borasida qaror chiqardi.

25 yoshli braziliyalik hujumchi Niccaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Neymar yana bitta o'yinga shartli ravishda diskvalifikaciya qilindi. Agar futbolchi yana sportchilarga xos bo'lmagan harakatni amalga oshirsa bu diskvalifikaciya kuchga kiradi.

Neymar 85 va 87-daqiqalarda sariq kartochka oldi. Lukas Okamposni turtib yuborgani uchun ikkinchi bor ogohlantirilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lfp.fr