Neymar "Barselona"ga qaytishni istaydi

Omonjon To`xtamirzayev
17 may 2023, 12:09
Avvalroq, braziliyalik mavsum oxirida PSJni tark etishga qaror qilgani haqida ma'lumotlar tarqalgandi.

Shuningdek, Parij klubi rahbariyati ham jarohatlari sabab Neymar bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida emas.

Jurnalist Toni Xuanmartining ma'lum qilishicha, Neymarning o'zi "Barselona"ga qaytishni istaydi. U Kataloniyada o'tkazgan vaqtlarini qumsaydi va "Barselona"ning qator vakillari bilan yaxshi aloqalarni saqlab qolgan. Biroq futbolchining o'zi ham bu transfer amalga oshishi juda qiyinligini tushunadi.

O'z navbatida, "ko'k-anorranglilar" prezidenti rejalarida bunday transfer yo'q.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: L'Equipe