"Neftchi": Yangi yil bayrami nishonlandi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2015, 08:00
26 dekabr kuni Farg'ona shahridagi "Miraj" kafesida "Neftchi" klubining Yangi yil bayrami bo'lib o'tdi.

Tadbirda "Neftchi" futbolchilari, murabbiylar shtabi, klub xodimlari, fan-klub a'zolari, OAV vakillari va bir qator mehmonlar ishtirok etishdi. Bayram dasturini "Ruxsor" radiosi boshlovchisi Hojiakbar Jabborov hamda "DJ Fora" olib borishdi. Tadbirda so'zga chiqqan Salimjon Zokirov, Andrey Fyodorov, Murod Ismoilov, Hakim Fayziev kabi Farg'ona futboli jonkuyarlari barchani Yangi yil bayrami bilan qutladi. Shuningdek, shou tarzida bo'lib o'tgan kechada Mansur Saidov va Baxtiyor Yoqubov ham jamoadoshlarini bayram bilan tabriklab, barchani raqsga taklif qilishdi.

"Ruxsor" TRK matbuoti xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia