

Rejaga ko'ra, tayyorgarlik ishlari 3 bosqichda amalga oshiriladi.
12 dekabrdan boshlanadigan I-bosqichda Vitaliy Levchenko shogirdlari Toshkentda yig'ilib, mashg'ulotlarga kirishadilar. Bu jarayon 24 dekabrgacha davom etadi.
6 yanvardan 20 yanvargacha davom etadigan II-bosqichni "Neftchi" vakillari Turkiyaning Lara shahrida o'tkazishadi. Bu bosqichda tayyorgarlikning muhim qismi sifatida o'rtoqlik-nazorat uchrashuvlarini o'tkazish rejalashtirilgan.
III-bosqich jarayoni ham 27 yanvardan 17 fevralga qadar yana Turkiyaning Lara shahrida olib boriladi. Bu bosqichlar jarayonida jamoaga qabul qilingan yangi futbolchilarning nimaga qodir ekanliklari va jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlik darajasiga baho beriladi.
Mavsumga tayyorgarlik borasidagi ma'lumotlarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring.



