"Neftchi" mashg'ulotlarga kirishdi, jamoani kim shug'ullantirmoqda?

20 dek 2017, 15:07
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi tatildan qaytib, yangi mavsumga taraddud ko'rishni boshlagani haqida klub rasmiy sayti ma'lumot tarqatgandi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, "Neftchi" jamoasini ayni paytda katta murabbiy Sergey Lebedev shug'ullantirmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov esa mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti. "Neftchi" jamoasining mashg'ulotlarida faqat mahalliy futbolchilar shug'ullanishmoqda. Tayyorgarlikning dastlabki bosqichi Farg'onada bo'lib o'tadi. Yangi yildan keyin esa jamoa qayerda yig'in o'tkazishi hozircha noma'lum.

Shuni qayd etish kerakki, Oliy ligada joriy mavsumda 15-o'rinni egallagan farg'onaliklar kelasi yilni qaysi ligada boshlashlari noma'lum.

Eslatib o'tamiz, yaqinda O'FF "Neftchi" bosh murabbiyi Vadim Abramovni nomuayyan muddatga futboldan chetlatdi.

"Neftchi" klubi matbuot xizmati esa hozircha amaldagi bosh murabbiyi Vadim Abramov borasida izoh berolmasligini ma'lum qildi.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia