"Neftchi" bugun Turkiyada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan o'ynaydi
Narzulla Saydullayev
25 fev 2014, 11:39
Ayni paytda Turkiyada yig'in o'tkazayotgan Farg'onaning "Neftchi" klubi bugun Aleksey Evstafeev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan o'ynaydi.
Murod Ismoilov shogirdlari Turkiyada yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga (U-19) qarshi maydonga tushadi. O'yin mahalliy vaqt bilan soat 11:00 (Toshkent vaqti bilan soat 14:00)da boshlanishi rejalashtirilgan.