Nazorat uchrashuvi. Gollar shousida "Obod" "Andijon"ga mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
6 mar 2014, 20:03
Bugun Toshkent shahrining Birinchi ligadagi yangi a'zosi "Obod" Oliy liganing "Andijon" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Gollarga boy bo'lgan uchrashuvda "Obod" 3:7 hisobida mag'lubiyatga uchradi. "Bunyodkor" futbol maktabiga qarashli tabiiy maydonda o'tgan bahs birinchi liga vakillari uchun dastlabki tabiiy maydonda bo'lib o'tgan uchrashuvligi bois jamoani o'yinida kamchiliklar ko'zga tashlandi. Hujumkor o'yin ko'rsatgan har ikki jamoa ham darvozalaridan ko'p to'p o'tkazishga majbur bo'ldi. Aytib o'tish joizki, ushbu uchrashuvda "Obod" 20 tadan ziyon futbolchilarni sinovdan o'tkazdi.

Nazorat uchrashuvi

"Obod" - "Andijon"  3:7 (3:2)
Gollar:
Obid Hakimov, Rasul Shuhratov, Farruh Miryunusov  -  Anvar Rajabov (2 ta), Alisher Azizov (2 ta), Kamronbey Kopadze, Kasyan, Usmonov.
"Obod": Viktor Mochalov, Javlon Guseynov, Sherzod Kamolov, Sherzod Jalilov, Doniyor Hasanov, Rasul Shuhratov, Obid Hakimov, Farrux Miryunusov, Kamoliddin Tojiboev, G'ayrat Umirov, Umidali Ahmedov
“Andijon” :T.G'aniev, T.Sultonov, D.Tursunov, J.Mirabdullaev, A.Kasyan, B.G'oziev, SH.Shaymonov, M.Kamolov, A.Rajabov, V.Raskov, A.Azizov.
Zaxiradan maydonga tushganlar:T.Usmonov, A.Rahmonov, I.Otaxonov, K.Kapadze, A.Jo'raboev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia