Navoiylik muxlislar Toshkentga borishadi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2016, 13:10
21 sentyabr kuni "Paxtakor" - "Qizilqum" jamoalari o'rtasida oliy liga 20-turidan joy olgan qoldirilgan uchrashuv bo'lib o'tadi.

Mazkur o'yinda navoiylik ko'psonli muxlislar o'z jamoalarini stadionda qo'llab-quvvatlashni rejalashtirishgan. "Qizilqum" PFK rahbariyati va muxlislar klubi tashabbusi bilan o'yinga borib kelish uchun maxsus avtobuslar yo'lga qo'yiladi. Avtobuslar 21 sentyabr kuni soat 06.00 da Navoiydagi "So'g'diyona" stadioni oldidan yo'lga chiqadi.

Murojaat uchun telefon:
+998913333773. Shahriddin

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Qizilqum" jamoalari o'rtasidagi bahs 21 sentyabr kuni soat "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

Toshkentda istiqomat qilayotgan navoiylik yoshlarni ham "Qizilqum"ni qo'llab quvvatlash uchun stadionga taklif qilib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz