Navkarov “Qizilqum” tark etadimi?

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2013, 23:30
Tanaffusga 14-o'rinda yo'l olgan “Qizilqum”ni ko'pchilik allaqachon oliy ligani tark etishi mumkin bo'lgan birinchi jamoaga chiqarib qo'yishgani haqiqatdir.
Ushbu jamoaga ham barqaror o'yin ko'rsatishi uchun moliyaviy muammolar yo'l qo'ymayapti. Aks xolda chempionat boshida Ravshan Haydarov klubdan ketish haqida ariza yozmas edi. Mavsumni Ravshan Akmalovich boshchiligida boshlagan zarafshonliklar keyinchalik boshqaruv postiga Rustam Zabirovni olib keldi. Ammo hanuz jamoa autsayderlar qatoridan chiqib keta olmayapti.

Davralar oralig'ida esa jamoa tarkibida katta o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Xususan jamoa hujumchisi Olim Navkarovga ayni paytda “Dinamo” va “Olmaliq”dan chorlov bo'lmoqda. Birinchi davrada Olim Navkarov 8 o'yinda ishtirok etdi (555 daqiqa) va mazur bahslarda o'z hisobiga 2ta gol yozdirib qo'yishga erishdi. Ko'ramiz 30 yoshli futbolchi ikkinchi davrani qaysi jamoada o'tkazar ekan.

Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia