"Navbahor" yangi murabbiy izlamoqda

23 fev 2015, 10:58
Kecha "Navbahor" O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi.
Ayni vaqtda "Navbahor" klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Ungacha O'zbekiston milliy terma jamoasining yordamchi murabbiyi ham bo'lib ishlayotgani bois endi "Navbahor" Ashurmatovga uchinchi jamoa bo'lib qolayotgan edi. Yangi mavsumda "lochinlar" qaysi murabbiy qo'l ostida mavsumni boshlashi haqida Ashurmatovga murojat etdik.
 
Ashurmatov ayni vaqtda "Navbahor" klubga yaxshi mutaxxasis murabbiy izlanayotganini haqida ma'lum qildi. Aynan qaysi murabbiyning faoliyat olib borishini aytib o'tmadi va bu tez kunda aniq bo'lishi haqida aytildi.

Xabarlarga ko'ra "Navbahor"ga Shuhrat Maqsudovdan tashqari , Ahmad Ubaydullaev nomzodi ham ko'rib chiqilmoqda.


Diqqat! FIFA.UZ saytida OCHL guruh bosqichi uchun jamoa tuzib musobaqaning rasmiy to'pini yutib olish mumkin! Jamoa tuzishga o'tish.

Manba: championat.asia