"Navbahor": "Qizilqum" bilan durang o'ynadik

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2013, 04:11
"Navbahor" klubi "Qizilqum" bilan navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Tarkibdan “Lokomotiv”dan kelib qo'shilgan chap qanot himoyachisi Rustam A'zamov va o'ng qanot yarim himoyachisi Yannis Mandzukaslar ham o'rin olishdi. Agar ushbu o'yinchilarning harakatlari murabbiylar shtabiga manzur kelsa, ular bilan shartnomalar imzolash ko'zda tutilgan. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, garchi bahs shiddatli hujumlar va havfli vaziyatlarga boy ruhda o'tgan bo'lishsada, darvozalar dahlsizligi saqlanib qolindi. Har ikki jamoa vakillari ham yaratilgan qulay imkoniyatlardan foydalan olishmadi. 

Uchrashuvni "Navbahor" quyidagi tarkib bilan boshladi: Viktor Mochalov, Timur Sultanov, Jahongir Mehmonov, Rustam A'zamov, Yannis Mandzukas, G'ayrat Jo'raev, Ilhom Boydedaev, Akram Bahriddinov, Leonid Koshelev, Ro'zimboy Ahmedov. Qahramon Mahammadjonov.

Zahiradan maydonga tushganlar: Sobir Hamidov, Azim Ahmedov, Abdumalik Abdullaev.

Eslatib o'tamiz davralar oralig'ida “Navbahor” hozirgacha “Nasaf” hamda “So'g'diyona” jamoalariga qarshi to'p surib, har ikki uchrashuvda ham imkoniyatni boy bergandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz