

Unda Namangan viloyat hokimi, Oliy majlis Senati a'zosi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Shavkat Abdurazzoqov, viloyat futbol assotsiatsiyasining birinchi vice-prezidenti Bahrom Xolmirzaev va boshqalar qatnashishdi. Yig'ilishni Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov olib bordi.
Xayrulla Bozorov klub tizimida o'zgarishlar yuz berishi lozimligini ta'kidladi. Shundan so'ng, tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Jumladan, tadbirkor Olimjon Isaev Namangan futbol assotsiatsiyasi vice-prezidenti etib saylandi. Shu kungacha Namangan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan Akramjon Dedabaev “Navbahor” jamoasi bosh direktori etib tayinlandi. Shu kungacha klub bosh direktori lavozimida ishlagan Nabixon Abdug'aniev esa markaziy stadion direktori etib saylandi.
Shundan so'ng, “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov oldiga 3-o'rin uchun kurash olib borish vazifasi qo'yildi.




