"Navbahor" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi uchrashuv jonli efirda ko'rsatilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
1 okt 2017, 16:16
Bugun "Navbahor" oliy liganing 23-turidan o'rin olgan bahsda "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, 18:00da boshlanadigan o'yin "Sport" telekanali orqali jonlif efirda ko'rsatilishi rejalashtirilgan. Ammo MTRK rasmiy saytida 17:55dan boshlab "Kevo" hamda "Fiorentina" o'rtasidagi Italiya chempionati ko'rsatilishi belgilab qo'yilgan. "Navbahor"ning "Tvitteri"dagi rasmiy sahifasida ham TV xodimlari bu borada ish olib borayotgani ma'lum qilingan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia