"Navbahor": Alisher Mahmudovni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2015, 17:00
Bugun "Navbahor" yarim himoyachisi Alisher Mahmudovning tavallud kuni!
Tajribali futbolchi 29 bahorni qarshilamoqda. Shu munosabat bilan klub rahbariyati, "Navbahor" a'zolari va muxlislar nomidan Alisherga uzoq umr, sihat-salomatlik va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz. Umid qilamizki, navbatdagi mavsumda ham to'raqo'rg'onlik futbolchi o'zining ishonchli o'yinlari orqali "lochinlar" muvaffaqiyatiga xissasini qo'shib, muxlislarni xushnud etishda davom etadi. Tug'ilgan kuning muborak bo'lsin Alisher!

O'tgan mavsumda Mahmudov oliy liga doirasida "Navbahor" sharafini 17 o'yinda (776 daqiqa) himoya qilib, o'z nomiga 1 gol yozdirib qo'ygan va 1 bor ogohlantirilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz