Nasri: “Oltin to'p”ni Riberi olishiga umid qilaman“

Tolibjon Qosimov
16 okt 2013, 13:01
Fransiya terma jamoasi yarim himoya Samir Nasri Finlyandiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0), “Oltin to'p”ni jamoadoshi Riberi olishiga umid qilayotganini aytib o'tdi.

“Riberi – har bir jamoa o'z safida ko'rishni istayotgan futbolchi. “Oltin to'p”ni aynan u oladi deb umid qilaman. Agar shunday bo'lsa, bu futbolchi faoliyatining eng cho'qqisi bo'lar edi.

Siz Messi yoki Ronaldumi deb so'rang, men esa – Frank deb javob beraman. U ushbu mavsumda barcha sovrinni qo'lga kiritdi”.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru