“Nasaf” BAAda yana ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2014, 11:45
OCHL-2014da o'z yurishini tugatgan “Nasaf” jamoasi ayni paytda Dohada bo'lib turibdi.
Jamoa bugun yani 10 fevral kuni kechki payt  Dubayga keladi. Bu haqda “Nasaf” PFK rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.

"Nasaf" futbolchilari bugun Dohadan Dubayga yo'l olishadi va 17 fevralga qadar amirliklarda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirishadi. Futbolchilarimizi Dubaydagi "Jebel Ali" mehmonxonasida istiqomat qilishadi va yig'in mobaynida 2 ta nazorat uchrashuvi o'tkazish rejaga kiritilgan – deyiladi xabarda.

Klub rasmiy delegaciyasi esa 12 yoki 13 fevral yurtimzga qaytib kelishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz