

22 yoshli futbolchiga Yuventus, Bayer va Tottenxemdan keyin Napoli ham qiziqib qoldi. Neapol klubi muzokaralarni boshlab yubordi. Napoli Milikni Atletikoga o'tishi kutilayotgan Gonsalo Iguainning o'rniga olib kelmoqchi. Milik 15-20 million evroga baholanmoqda.
O'tgan mavsum Gollandiya chempionatining 31ta o'yinida Milik 21ta gol urdi va 8ta golli pas oshirdi.



