"Napoli" "Manchester Siti"da porlayotgan o'yinchini sotib olmoqchi

Tolibjon Qosimov
13 yanv 2018, 20:52
"Goal.com" portalining ma'lum qilishicha, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin.

Yosh futbolchining transferiga shaxsan klub bosh murabbiyi Mauricio Sarri qiziqish bildirmoqda.

Vingerning taxminiy transfer narxi 75 million evro deb baholanmoqda. Sanening "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com