Nayjel de Yong Yuventusga o'tishi mumkin

Yuventus "Milan" futbolchisi Nayjel de Yong bilan shartnoma imzolashni istamoqda.
Turinliklar "Milan"da harakat qilayotgan gollandiyalik futbolchi Nayjel de Yongni mavsum so'nggida tekinga qo'lga kiritishni istashmoqda. "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining shaxsan o'zi bu transferni amalga oshishini xohlamoqda.

Eslatib o'tamiz, Nayjel de Yongni "Milan" bilan tuzgan shartnomasi ushbu mavsum so'nggida o'z nihoyasiga etadi.

"Rossnerilar" de Yong bilan shartnomani uzaytirishni istashmoqda. Biroq futbolchi va klub yangi shartnomaning moliyaviy tomonlarini kelisha olishmayapti.

Manba: sports.ru