
Juda ham alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldik. So'nggi soniyalarni gol o'tkazib yuborganimiz bizni nokaut qildi. Chunki vaziyatni to'g'rilashga bizga vaqt etmasdi. So'nggi soniyalar edi, futbolchilar charchashgan va e'tiborni yo'qotib bo'lishgandi. Shuning uchun ham ayning kimnidir aybdor qilib ko'rsatib bo'lmaydi. Qisqa qilib aytganda qo'limizda turgan pley-off chiptasini “Bunyodkor”ga tutqazdik. Oxirgi paytda juda ko'plab o'yinlarda ishtirok etayotganimiz o'yinimizga ta’sir ko'rsatdi, - deydi “Al-Jaish”ning tunislik ustozi Nabil Malual.