

Bellashuvda Parij klubi yarim himoyachisi Marko Veratti jarohat oldi. U ikkinchi bo'limda o'z o'rnini qishki transferlar vaqtida “Zenit”dan olib kelingan Leandro Paredesga bo'shatib berdi. Qayd etish joiz, Veratti o'zi yaqindagina jarohatidan tuzalib, safga qaytgan edi. Uning jarohati haqida tibbiy tekshiruvlar o'tgach batafsil rasmiy ma'lumot beriladi.



