

"The Sun" taqdim qilgan ma'lumotlarga qaraganda, kechagi muzokaralarga "Liverpul" vakili ham yetib kelgan va u o'zlarining hisobiga o'tkazilishi kerak bo'lgan 20 million evroni kim to'lashini aniqlab olgan.
Tomonlar transferga rozi. Endi "Yunayted" braziliyalik uchun 160 million evro (20 millioni "Liverpul"ga) to'laydi. Va bu boradagi muzokaralar ertaga o'tkaziladi. Bu muzokaralarning oxirgi kuni bo'ladi.
Koutino o'tgan yili qishda "Barselona"ga o'tib, 5 yillik shartnomaga imzo chekkandi.



