MYU De Yong uchun mablag'ni oshirdi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022, 12:31
"Manchester Yunayted" va "Barselona" yarim himoyachi Frenki de Yongning transferi borasida oldinga qadam tashladi.

"The Times" xabariga ko'ra, mankunianliklar niderlandiyalik xavbek uchun summani 80 million evrogacha oshirgan. De Yong uchun 85 million evro talab qilayotgan "Barselona" bu narxga ko'nishi kutilmoqda. "Barselona" payshanba kunigacha barcha muzokaralarni yakunlamoqchi. Aynan shu kuni ispan klublari hukumatga barcha soliq hisobotlarini topshirishi kerak bo'ladi.

Yakunlangan mavsumda de Yong barcha turnirlarda 46 o'yinda qatnashib, 4 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times