MYU darvozaboni Nyukaslga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
11 noya 2021, 13:52
Manchester Yunayted posboni Din Xenderson keyingi yozda klubni tark etishi mumkin.

Unga eng asosiy da'vogar sifatida Nyukasl Yunayted aytilmoqda, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Xenderson asosiy tarkibdagi joyini qaytarib olmasa Manchesterni tark etmoqchi. Uning qishda ketish ehtimoli juda past.

Bu mavsum posbon Yunayted safida Angliya Liga kubogi doirasida Vest Xemga qarshi bahsda (0:1) maydonga tushdi xolos. Transfermarket 24 yoshli darvozabonni 22 million evroga baholamoqda. Xendersonning MYU bilan shartnomasi 2025 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk