

Muxtor QURBONOV (“Sho'rtan” bosh murabbiyi): - Uchrashuv juda shiddatli kechdi. “Paxtakor” yurtimizdagi eng kuchli jamoalardan biri va bu mavsumda peshqadamlik qilmoqda. Bugun ularga jiddiy qarshilik ko'rsatishni maqsad qilgandik. Buni uddalay oldik deb o'ylayman. Biz uchun durang ham juda yaxshi natija. O'yinda chiroyli vaziyatlar ko'p bo'lmadi. Chunki maydonda keskin kurash kechdi. Hisobga ochgan bo'lsak-da, keyin raqib hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv oxirida penalti tepilganda bizga omad kulib boqdi.



