Mundial ishtirokchisi “Oq-tepa”da

Narzulla Saydullayev
12 avg 2013, 16:42
Bugun O'zbekiston Birinchiligining ikkinchi bosqich o'yinlariga start beriladi.
Xabaringiz bor, yozgi yig'inlar davomida jamoamizda ko'plab futbolchilar ko'rikdan o'tdi. Ular orasida tajribali o'yinchilar bilan bir qatorda iqtidorli yoshlar ham bo'ldi. Aleksandr Tokov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ko'rikdan o'tgan futbolchilar orasidan 6 nafarini tanlab oldi. Ahamiyatlisi, tayyorgarlikning so'nggi kunlarida 2003 yil BAAda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz sharafini himoya qilgan himoyachi Shavkat Raimqulov ham “Oq-tepa” safiga qo'shildi. Raimqulov mavsumning birinchi qismini oliy liga vakili “Sho'rtan”da o'tkazgan edi.

Jamoaga kelib qo'shilganlar

Maruf Zokirjonov (“Paxtakor-2”)

Shavkat Raimqulov (“Sho'rtan”)

Jasur Umarov (“Qo'qon-1912”)

Bobur Abdurahmonov (“Paxtakor-2”)

Ilhom Rajabov (“Dinamo”)

Rafael Abdurahmonov (“Lokomotiv”)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz