Mullajonov "Olmaliq"qa qaytdi

Narzulla Saydullayev
4 fev 2014, 20:08
2008-2010 yillarda jamoamiz sharafini himoya etib, keyinchalik faoliyatini xorijda davom ettirgan Shavkat Mullajonov yana "Olmaliq" tarkibida to'p surishga qaror qildi.
Shuningdek, ko'rikda bo'lib turgan Aleksandr Alempievich ham 2014 yilgi mavsumni "Olmaliq" libosida o'tkazadi.

Jamoamiz safiga qo'shilgan har ikki futbolchiga omad yor bo'lishini tilaymiz. O'ylaymizki, bu futbolchilar joriy mavsumda jamoa tarkibini kuchaytirib, yuqori natijalar qayd etishiga o'z hissalarini qo'shishadi.

"Olmaliq" ertaga Chilonzordagi sun'iy qoplamali maydonda "Qizilqum" bilan nazorat o'yini o'tkazadi. Uchrashuv soat 11:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz