Muhsin Muhammadiev: O'zimda ham jamoamga nisbatan savollarim ko'p

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2019, 11:46
Kecha Andijondagi Sog'lom avlod stadionida Andijon klubi Buxoroni qabul qildi va 4:1 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritib, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

O'yindan keyin esa matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

- Bugungi mag'lubiyat sababini qanday izohlaysiz?

- O'yin haqida qanaqa fikr bildirishim mumkin? Bizning jamoa hali o'yinga tayyor emas. Birinchi davra yakunlanishini kutamiz. Keyin shunga qarab tarkib va o'yinimizda o'zgartirishlar kiritishga harakat qilamiz. Bunday futbol o'ynamaslik kerak. Biz albatta ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko'ramiz.

- Umuman olganda, Buxoroning oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- Bugungi kundagi bizning vazifamiz Superligada qolish. Nimagaki, jamoamizda kattaroq maqsadlarni bajarish uchun mahoratli o'yinchilar yo'q.

- Jamoa o'yinini ko'rganimizda ichki muhit ham yaxshi emasligi ko'rinib turibdi…

- Men ham tushunmay qolyapman. Jamoada qanday muhit bor? Bu savolga javob bera olmayapman. Buxoroga yaqindagina keldim va hali bu jamoa bilan ko'p vaqt o'tkazganim yo'q. Shu bois mening o'zimda ham bu jamoaga nisbatan savollarim ko'p.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати