Muborakdagi futbol mavsumini Ermatov boshlab beradi

16 mar 2015, 13:57
20 mart kuni "Mashal" o'z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi.
PFL ushbu o'yinga hakamlar va nazoratchilar ro'yhatini e'lon qildi. Unga ko'ra Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan Muborakdagi bahsni  FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqarib boradi.  Ermatovga qanotlarda Abdulhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. Zaxiradagi hakam Anotoliy Rubakov bo'ldi. O'yin nazoratchisi Arslon Xotamov.


Oliy liga, 2-tur.

Mashal (Muborak) – Andijon (Andijon)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent),  A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: A.A.Xotamov (Toshkent).

Eslatib o'tamiz, "Mashal" - "Andijon" bahsi 20 mart kuni Muborakdagi Bahrom Vafoev nomli markaziy o'yingohda bo'lib o'tadi.

Manba: fcmashal.uz