Mourinyo taqvim tufayli A Seriyani tanqid qildi

Omonjon To`xtamirzayev
30 okt 2023
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoasining "Inter"ga imkoniyatni boy beraganidan keyin (0:1) taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Charchoq va o'yinga tayyorlanish uchun vaqt kam bo'lganiga qaramay, yigitlar yomon harakat qilishmadi. O'ylashimcha, uchrashuv durang bilan tugaydi deb o'ylagan bitta emas edim. Jamoa barcha qiyinchiliklarga munosib javob bera oldi.

Natijadan xafaman, yigitlar ancha ter to'kishdi. Golni oldini olishimiz mumkin edi. To'g'risi, futbolchilarga nisbatan hurmat yo'qligidan xafaman. Mareskaning (Fabio Mareska uchrashuvni boshqarib borgan hakam) Manchini va N'Dikega bo'lgan munosabati buni yaqqol ko'rsatib turibdi. 

Men jamoaning qiyin vaziyatlardagi reakciyasidan mamnunman. Bizda jamoaning yarmi yo'q edi. Liga bizga yana bir sovg'a taqdim etdi, chunki biz dushanba kunimas, yakshanba o'ynayapmiz. Futbolchilarimga rahmat deb qolaman. Afsus, chunki biz ko'prog'iga loyiq edik".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tuttomercatoweb.com