Mourinyu "Real"ga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
13 noya 2022, 14:56
Agarda Karlo Anchelotti faoliyatini yakunlasa, Joze Mourinyu "Real" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

"La Repubblica" xabariga ko'ra, ayni damda portugaliyalik mutaxassis "Roma" bilan shartnomani uzaytirish bobida muzokaralar olib borayotigani yo'q. O'z navbatida bunday tashabbus ikki tomondan ham chiqmayapti. Amaldagi kelishuv 2024 yil yoziga qadar davom etadi.

Mourinyuning eski qadrdoni Florentino Peres esa uning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Ayni damda "Real"ni boshqarayotgan Karlo Anchelotti ushbu mavsum yakunlanganidan keyin murabbiylikni yakunlashi kutilmoqda.

Agarda bu holat yozda ro'y bersa, Peres bosh murabbiylikka Mourinyuni olib kelish niyatida. 2010-2013 yillar davomida "Real"da ishlagan murabbiy klub bilan chempionat, kubok va superkubok turnirlarini yutgan.

Hozirgi paytda "Roma" A Seriya turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Repubblica