Mourinyu Jekoni APLga qaytarmoqchi

Mirjalol Normatov
8 dek 2019, 18:27
Joze Mourinyuga "Roma" hujumchisi Edin Jeko kerak.

"The Mirror" xabariga ko'ra, "Tottenxem" "Roma" hujumchisi Edin Jekni qishki transferlar oynasi vaqtida o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. "Shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu ushbu transferni asosiy maqsad qilib olgan.

Portugaliyalik mutaxassis klub skautlariga Jekoning o'yinlarini borib ko'rishni so'ragan.

Ushbu mavsumda 33 yoshli Jeko "Roma" tarkibida 15 o'yinda 6 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Mirror