Morgan de Sanktis yaqin orada "Roma" bilan shartnoma tuzadi

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2013, 13:38
Napoli posboni Morgan de Sanktis yaqin vaqt ichida Roma bilan shartnoma tuzadi.
Transfer 500 ming evro deb baholanmoqda, deb xabar bermoqda Sky Sport Italia nashri. Napoli Angliyaning Liverpul klubi darvozaboni Xose Reyna bilan kelishuvga erishganidan so'ng de Sanktisni sotishga rozi bo'ldi.

Posbon 2009 yildan buyon "Napoli" safida 147ta o'yin o'tkazdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net