Morataning agenti: "Alvaroning "Atletiko" bilan shartnomasi bor. Unga shu yerda qolish qulay"

Alisher
18 avg 2022, 18:01
Alvaro Morataning agenti o'yinchining kelajagi borasida savolga javob berdi.

Oldinroq, "Atletiko" forvardiga "Manchester Yunayted" va "Yuventus" qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi. Madrid klubi yaxshi mavsum startidan so'ng uning narxini 60-70 mln evroga ko'tarib qo'ydi.

"Barchasi yaxshi, juda yaxshi. Ayni damda u Madridning "Atletiko" klubida, unga o'sha yerda juda ham qulay.

Alvaroning "Atletiko" bilan shartnomasi bor, u shu yerda qolishni xohlaydi", – deydi Xuanma Lopes.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo