

"Alves - "Sevilya"dagi eng yaxshi xaridim. Bu kelishuv barcha umidlarni oqladi. Hech kimga tanish bo'lmagan futbolchiga ko'nikish uchun keraklicha vaqt berdik. U o'sdi, sovrinlar olishga yordam berdi va uni 35 mln. evroga sotib yubordik. Alves 800 ming evro evaziga "Sevilya" a'zosiga aylangan" - deydi Monchi.
Alves 2002 yilda "Sevilya" safiga o'tgan. 2008 yilda u "Barselona" futbolchisiga aylanadi, ayni damda esa braziliyalik "Yuventus" sharafini himoya qilmoqda.



