“Monako” Perotti uchun 20 million evro berishga tayyor
23 yanv 2014, 12:47
Fransiyaning “Monako” klubi “Sevilya” yarim himoyachisi Diego Perottiga qiziqmoqda, deb xabar beradi Fichajes.net.
“Monako” futbolchini qishki transferlar oynasi mobaynida o'z safiga qo'shib olish uchun 20 million evro berishga tayyor. “Monako” bu haqda o'yinchining transferi bo'yicha ispan klubiga yuborgan rasmiy taklifida aytib o'tgan.