“Monako” o'z safiga “Lion” yetakchisini qo'shib oldi

Aslanov Jasurbek
7 avg 2017, 23:20
Fransiya chempioni “Monako” yana bir istedodli yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi.

Klub rasmiy saytida berilgan xabarga ko'ra, “Monako” “Lion” yarim himoyachisi Rashid Gezzal bilan kelishuvga erishdi. Jazoir terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi bilan 2021 yilning 30 iyunigacha shartnoma imzolandi.  

Gezzal “Monako” safiga erkin agent maqomida kelib qo'shildi. Rashid yaqinda “Lion”ni tark etgan edi. U aynan mana shu jamoa tarkibida so'nggi 5 yildan beri to'p tepib kelayotgandi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif