"Monako" "Barselona" hujumchisini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2025, 19:06
"Monako" matbuot xizmati "Barselona" hujumchisi Ansu Fati ijaraga olinganini e'lon qildi.

Ijara 1 mavsumga mo'ljallangan. "Monegasklar" Fatini 11 mln evroga sotib olish huquqiga ega bo'ladi.

22 yoshli Ansu Fati – "Barselona" tarbiyalanuvchisi. Futbolchi so'nggi paytlarda Ispaniya chempionlari asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotib qo'ygandi.

U 2024/25 yilgi mavsum kataloniyaliklar tarkibida bor-yo'g'i 11 o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asmonaco.com